Barkamol avlod – kelajak poydevori
Nukus shahridagi 38-maktabgacha ta’lim muassasasida bolajonlarning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Qariyb 300 nafar kichkintoy tarbiyalanayotgan muassasada o‘quv-tarbiya mashg‘ulotlari “Bolajon” tayanch dasturi asosida tajribali pedagog-tarbiyachilar tomonidan olib boriladi. Bolalar xorijiy tillar, sport, hunar, san’at to‘garaklariga jalb etilgan. Ular turli madaniy tadbirlar, viktorina va rasmlar tanlovi, sport musobaqalarida faol qatnashmoqda.