Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Barkamol avlod” bolalari Termizda jam bo‘ldi
20:04 / 2024-08-10

FOTOREPORTAJ

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan yil boshidan buyon “Barkamol avlod” bolalari” festivali o‘tkazib kelinmoqda.  

Festivalning navbatdagi manzili Surxondaryo viloyati bo‘ldi. 

Termiz shahridagi Qo‘g‘irchoq teatrida “Madaniyat va san’at”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Xorijiy tillar” kabi jami 7 yo‘nalishda tashkil etilgan festival viloyatning 20 mingdan ziyod yoshlarini qamrab oldi.  

[gallery-18663]

Fesivalni tashkil etishdan asosiy maqsad, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, to‘garaklarga o‘quvchilar qamrovini oshirish, ichki turizmni rivojlantirish, ta’lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.

Tadbir “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tayyorlangan badiiy qism bilan yanada fayz oldi. Surxon vohasiga xos go‘zal raqslar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Festival doirasidagi tanlov va musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida festival estafetasi Toshkent viloyatiga topshirildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA