Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Barkamol avlod – 2026”: voleybolchi qizlar final bosqichida raqobatlashmoqda
15:40 / 2026-02-19

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida “Barkamol avlod – 2026” sport musobaqalari doirasida voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi Respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqa mamlakatimizda yoshlarni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, ularni ommaviy sportga keng jalb etish, voleybol sport turina yana ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etmoqda.

20-fevral kuniga qadar davom etayotgan mazkur musobaqada Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand, Namangan va Farg‘ona jamoalari o‘zlarining yorqin o‘yinlarini namoyish etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA