Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barchasi aholi salomatligi uchun
17:21 / 2023-08-16

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani tibbiyot birlashmasi o‘tgan asrning 80 yillarida qurilgan va bugungi kunga kelib ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi.

So‘nggi yillarda tibbiyot sohasiga qaratilgan e’tibor, Davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Prezidentning tegishli farmoniga asosan investitsiya dasturi orqali tibbiyot birlashmasini kapital ta’mirlash maqsadida davlat byudjetidan 11 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.  

Bu mablag‘ evaziga tibbiyot birlashmasining binosi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, 630 million so‘mlik xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy tibbiyot jihozlari bilan ta’minlandi.  

Tug‘uruq kompleksi uchun monitorlar, jarrohlik stoli, UTT apparati hamda chaqaloqlar uchun reanimatsiya stoli, kardiologiya bo‘limiga yangi EKG apparatlari va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish xonalarining zamon talabiga to‘la javob beradigan uskunalar shular jumlasidandir.  

Bundan tashqari, endilikda bemorlarni qabul qilish va yo‘nalishiga qarab, davolanishlarini tashkil etishda elektron tizimidan foydalaniladi. Bu esa, bemorlarga qulay sharoitlar yaratib, ularga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va tezligining oshishiga xizmat qiladi, tartibsiz navbatlar yuzaga kelishi bartaraf etiladi.  

[gallery-13139]

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi kunga qadar mavjud bo‘lgan 80 o‘rinli tug‘uruq kompleksi o‘rnida zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan 110 o‘rinli tumanlararo perenatal markazi ham tashkil etildi. Bu perinatal markazda 50 o‘rinli tug‘uruqxona, 30 o‘rinli patologiya, 15 o‘rinli ginekologiya va 15 o‘rinli patologiyali chaqaloqlar bo‘limlari mavjud. Bu esa o‘z navbatida tug‘uruq yoshidagi ayollarning homiladorlik va tug‘uruqdan keyingi davrdagi salomatligini nazorat qilib borishga imkon yaratadi.  

Endilikda mazkur perinatal markazda tumanimizga yondosh hududlarda joylashgan tuman aholisi ham o‘z salomatligini tiklash imkoniga ega bo‘ldi.  

Tibbiyot birlashmasining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov va sektor rahbari ishtirok etdi.  

O‘lmas Barotov,

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA