Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barchasi aholi salomatligi uchun
15:30 / 2023-07-12

Guliston tibbiyot klasterining neyrotravmatologiya bo‘limida murakkab va yuqori texnologik total endoprotezlash amaliyoti o‘tkazildi.

– Tibbiyot xodimlar tili bilan aytiladigan, displastik koksartroz, chanoq-son bo‘g‘imining tug‘ma buzilishi bo‘lsa, idiopatik koksartroz turli kasalliklar fonida paydo bo‘ladigan, chanoq-son bo‘g‘imining yemirilishi bilan bog‘liq kasallikning bir turi hisoblanadi, – deydi Guliston tibbiyot klasteri neyrotravmatologiya bo‘limi boshlig‘i, ortoped-travmatolog Sevara To‘ychiyeva. – Ko‘rib turganingizdek, boyovutlik bemorimiz bolalikdan chanoq-son bo‘g‘imi bilan bog‘liq kasallik bilan kurashib kelgan. Ammo, u vaqtlarda bu turdagi amaliyotlar yurtimizda emas, xorijiy davlatlarda bajarilgani bois, uning yaqin qarindoshlarini xorijga olib borish, u yerda shu turdagi amaliyotni o‘tkazishi uchun imkoniyati bo‘lmagan.  

Gulistonlik bemorda esa, bu turdagi kasallik COVIDdan so‘ng paydo bo‘lgan. Shu boisdan, ular ko‘pdan buyon soha xodimlari nazoratida bo‘lib, konservativ davo muolajalarini olib kelgan. Ammo, kutilmagan og‘riq sabab, ularda murakkab va yuqori texnologik total endoprotezlash amaliyoti o‘tkazildi. Xarajatlar esa Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi. Eng muhimi, Guliston tibbiyot klasterida, displastik koksartroz, travmatik koksartroz hamda idiopatik koksartroz bilan bog‘liq murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti yo‘lga qo‘yilgandan buyon 200 dan ortiq bemorda shu turdagi amaliyot o‘tkazilgan.

Yilning shu kuniga qadar 28 nafar, yil yakunigacha 150 dan ortiq shu turdagi amaliyot o‘tkaziladi. Bu esa, displastik, travmatik, idiopatik koksartrozdan qiynalib kelayotgan bemorlarni sog‘lom hayotga qaytarish imkonini beradi. 

Sh. Suyarov, O‘zA.