Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barchasi aholi salomatligi uchun
17:23 / 2021-11-13

Andijon viloyati Shahrixon tumani Qumtepa mahallasida hududidagi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 3-bo‘limi yangitdan barpo etilgan binoda ish boshladi.

Tibbiyot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur tibbiyot muassasasi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda keyingi yillarida aholi sog‘ligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va saviyasi tobora yuksalib borayotgani ta’kidlandi.  

“Obod qishloq” dasturi doirasida bo‘lim binosi yangitdan barpo etildi. Qurilish ishlari “Ixtisoslashgan Voha qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. Qurilish, jihozlash ishlari uchun 2 milliard 438,7 million so‘m mablag‘ sarflandi.  

– Markaziy poliklinikaning 3-bo‘limi avval o‘tgan asrning 50-yillarida qurilgan avariya holatidagi binoda faoliyat ko‘rsatar edi,  – deydi mehnat faxriysi Sobirjon Komilov. – O‘zim shu yerda uzoq yillar mehnat qilganman, shart-sharoitlar haminqadarligi, zarur tibbiy jihozlarning yetarli emasligidan nafaqat aholi aziyat chekardi, balki bu yerda ish olib borayotgan shifokorlar ham qiynalar edi. Prezidentimizning, hukumatimizning ko‘rsatayotgan e’tibori bilan bugun bunday holatga barham berildi.  

 Endilikda ko‘rkam, keng, yorug‘ va barcha qulayliklarga ega mazkur muassasada tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada ortadi. Xastaliklarini erta aniqlash, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish barobarida yaratilgan qulayliklardan tuman aholisi behad xursand.  

Yangi ish boshlagan ushbu tibbiy muassasa zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan ta’minlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA