Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha viloyatlarda oqova suv tozalash inshootlari ta’mirtalab
15:22 / 2021-06-25

Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida oqova suv tozalash inshootlarida vujudga kelayotgan muammo va kamchiliklarning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga ta’siri to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, joylarda oqova suv tozalash inshootlarining ishlashi o‘rganilgan. Mamlakatimizning 5,6 million (17 foiz) aholisi oqova suv xizmati bilan ta’minlangan. Shuningdek, bugungi kunda hududlardagi jami 58 ta yirik oqova suv tozalash inshootining 49 tasi (84 foiz), 8,6 ming kilometr oqova suv tarmoqlarining 1,9 ming kilometr (22 foiz) qismi ta’mirtalab holatda ekanligi ta’kidlandi.  

 Ushbu inshootlar uch bosqichda: mexanik, biologik va kimyoviy tozalash funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan bo‘lib, aksariyat inshootlarda faqat mexanik tozalash ishlari bajarilmoqda. Bundan tashqari, Toshkent shahrining Salar, Bo‘zsuv, Bektemir hamda Surxondaryo viloyatining Termiz shahri oqova suv tozalash inshootlari bugungi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlangan. Shu bilan birga, mahalliy oqova suv tozalash inshootlari talabga javob bermasdan kanalizatsiya tarmoqlariga oqovalarning me’yor darajasida tozalanmasdan tashlab yuborilayotganligi ma’lum bo‘lgan.  

 Respublikamizning barcha viloyatlarida oqova suv tozalash inshootlari ta’mirtalab, malakali kadrlar yetishmasligi va mavjud jihozlarning eskirganligi sababli to‘liq foydalanilmasdan, oqova suvlar zararsizlantirilmasdan inshootga yaqin bo‘lgan daryo va soylarga oqizib yuborilmoqda.  

 

Nurillo NASRIEV, O‘zA