Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha sohalarda axborot texnologiyalari joriy etiladi
18:51 / 2022-06-23

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlarning kelajagiga yuksak e’tibor qaratilib, bilim olishi, iste’dodini namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Prezidentimiz 2021 yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida “Buxoro azaldan ilm-fan markazi bo‘lgan. Bugun ham bilimli, intiluvchan yoshlar ko‘p. Buxoroning IT sohasi bo‘yicha brendini yaratish kerak. Buning uchun barcha narsa – sharoit, resurs, intellekt bor” deb ta’kidlab o‘tgan edi.

bugungi kunda buxorolik yoshlarning ham hayoti va dunyo qarashidagi o‘zgarishlar, ularning sog‘lom kelajakka intilishi Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shish istagi tahsinga loyiq.

– Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida IT-Park Buxoro filiali vaqtinchalik faoliyatini yuritish uchun Buxoro shahridagi 5- umumta’lim maktabining bo‘sh turgan qismidan dasturchilar uchun jami 950 m.kv. maydondan iborat 9 ta xona joriy ta’mirlandi, – deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Alijon Yaxshiyev. – Zamonaviy mebel va kompyuter jihozlari ajratildi. IT-Park Buxoro filiali tomonidan yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, startap loyihalarni hayotda joriy qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Birgina joriy yilning may oyida 397 nafar yoshlar shahar va tumanlarda tashkil qilingan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlariga jalb qilingan.

Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatdagi shahar va tuman raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tomonidan IT park universiteti, o‘quv markazlar faoliyati, “Bir million dasturchi loyihasi”ni targ‘ib qilish doirasida 5 ming nafar yoshlar qamrab olindi. Targ‘ibot ishlari davomida yoshlarni IT sohasida o‘qitish, daromadli kasb egasi bo‘lish, IT tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda ularga IT Park tomonidan ajratilgan imkoniyatlar yuzasidan to‘liq tushunchalar berildi.

Aholi bilan bir qatorda davlat organlari xodimlarining ham axborot texnologiyalar sohasida bilim darajalarini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingan. Prezidentimizning 2022 yil 24 martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan vazirlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va IT park Buxoro filiali hamkorligida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, shahar va tuman bo‘limlari xodimlari uchun o‘quv-treninglari tashkil qilindi. Asosiy maqsadimiz barcha sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali aholining turmush darajasini oshirish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotni rivojlantirishdir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri