Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha shodlik, barcha quvonch senga bo‘lsin, bolajon!
09:33 / 2024-06-03

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan bolajonlar uchun ajoyib tadbirlar uyushtirildi.

Jumladan, erta tongdan “Metallurg” o‘yingohida kombinat ishchi-xodimlarining farzandlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha turnir tashkil etildi. Shiddatli bahslarga boy bo‘lgan turnirda g‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Bolajon” bog‘ida esa Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan turli xil sovrinli o‘yinlar va sport musobaqalari tashkil etildi. Ayniqsa, turli xil ertak qahramonlari bolalarga quvonch bag‘ishlab, tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etganlarga sovg‘alar ulashishdi. Bundan tashqari, “Bahor” mehmonxonasida 50 nafar boquvchisini yo‘qotgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum, vasiylikka olingan bolalar va ularning yaqinlari uchun kombinat homiyligida bayram dasturxoni yozildi.Bolajonlarga turli xil shirinliklar tuhfa etildi.  

Shuningdek, “Qizil yarimoy” jamiyati Olmaliq shahar bo‘limi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Olmaliq shahar tayanch punkti tomonidan ham bolajonlarga sovg‘alar tarqatildi.

“Metallurg” madaniyat saroyi qoshida faoliyat yuritib kelayotgan ijodiy guruhlar va to‘garaklarning 362 nafar a’zolariga konsert dasturi tashkil etilib, shirinliklar taqdim etildi.

“Bolajon” bog‘ida “Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan Olmaliq shahri bolajonlari uchun konsert dasturi namoyish etildi.

Sana munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalari ham o‘zlariga biriktirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xomiylik yordamlari ko‘rsatishdi.

OKMK Axborot xizmati,

O‘zA