Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha qulayliklarga ega zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi
22:46 / 2025-08-30

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanidagi "Ketenler" ovul fuqarolar yig‘ini hududida Xorazm viloyati homiyligi asosida, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan yangi bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish maqsadida Orolbo‘yi tumanlari viloyatlarga biriktirilgan edi. Shu asosda Shumanay tumani "Ketenler" ovul fuqarolar yig‘ini hududida aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan yangi bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi. Bu esa qishloq aholisi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

[gallery-25068]

Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F. Ermanov, Xorazm viloyati hokimi J. Rahimov ishtirok etib, qishloq ahlini samimiy qutladi.

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi  50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, qurilish ishlari "Bo‘ston mini trans" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.

Bog‘chada bolalarning yaxshi tarbiyalanishlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, o‘yin maydonchalari, zamonaviy o‘quv, ovqatlanish va dam olish xonalari mavjud.

Tadbir ishtirokchilari bog‘chada yaratilgan shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishishdi.

Dovud Abibullayev,  Maqsad Habibullayev (surat), 

O‘zA muxbirlari