Barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 1-bandiga qo‘shimchalar kiritiladi. Unga ko‘ra 1-band quyidagicha tahrir qilinadi:
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5597-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish haqida“gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 1-bandiga qo‘shimchalar kiritiladi. Unga ko‘ra 1-band quyidagicha tahrir qilinadi:
“2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga, 2020 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tab, xizmatdan bo‘shatilgan hamda yoshga doir pensiya oluvchi pensionerlari shahodatlangan lavozimlar hisobidan xizmatga qayta qabul qilingan taqdirda ularga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi”.