Barcha imkoniyatlar o‘z Vataningda! (+video)
Davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishsiz yoshlarga 15 sotixli yer maydonlari ajratib berilmoqda.
Bundan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz esa yerdan yaxshigina daromad olmoqda.
10 yildan ziyod chet davlatlarda ishlab kelgan Nuriddin ham bugun o‘z Vatanida barcha imkoniyatlar yetarli ekanini anglab yetdi. U Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Nayman mahallasida yashaydi.
Xorijdan qaytgach, yoshlar yetakchisi hamda sektor rahbarining ko‘magi bilan dehqonchilik qilish uchun 15 sotix yer oldi, doimiy ish joyiga ega bo‘ldi. Nuriddinning ta’kidlashicha, bugun uning daromadi xorijda ishlab topganidan ko‘proq.
Qahramonimiz bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning "You Tube" sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/hBjBCTUerBg?si=9MggqgSlo9dX4KNy" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA