Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha birdek javobgar
12:38 / 2025-12-09

Nosoz dudburon, noto‘g‘ri o‘rnatilgan isitish moslamasi, nostandart gaz jihozi yoki ta’mirlanmagan gaz ballon hamda e’tiborsizlik sabab yuzaga keladigan baxtsiz hodisalar har lahzada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan haqiqatdir. Aholiga bunday holatlarga e’tibor berish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyatining Peshku tumani “Yangibozor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli xonadonlarda gaz ta’minoti filiali, tuman gaz ta’minoti bo‘limi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va boshqa tashkilot mas’ullari ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Soha vakillari tomonidan xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha birdek javobgar ekanligi, gaz jihozlaridan foydalanganda qoidalarga amal qilib, favqulodda holatlarda mutaxassisga murojaat qilish lozimligi, o‘zboshimchalik bilan gaz jihozini ta’mirlamaslik zarurligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Is gazidan zaharlanishlarning oldini olish maqsadida targ‘ibotlarni olib borish mas’ul xodimlarning asosiy vazifasi, ammo, ularga rioya qilish uchun barcha birdek javobgar. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.