English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha avtosalonlar ham xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlarini to‘liq bajarmayapti
16:34 / 2021-01-27

So‘nggi yillarda aholi o‘rtasida avtomashinaga bo‘lgan talab borgan sari ortib bormoqda.

Shu sababli tadbirkorlar xaridorga qulaylik yaratish maqsadida turli to‘lov usullarini taklif qilishyapti. Kimdir naqd pulga xarid qilsa, kimdir kredit yoki lizingga olishni ma’qul ko‘radi.

Albatta barcha o‘z imkoniyat doirasida tanlov qiladi. Ammo bularning barchasi birdek ishonchlimi? Barcha avtosalonlar ham xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlarini to‘liq bajaryaptimi? Afsuski, unday emas.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Anvar Isroilov ana shunday muammoga duch kelgan. Ya’ni u 2018 yil 17 may kuni«UMID SAVDO FAYZ INVEST» MCHJ bilan «COBALT» rusumli avtomashinani lizing asosida xarid qilish uchun shartnoma tuzgan. Ammo, MCHJ tomonidan shartnoma shartlari buzilganligi sababli fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga «COBALT» uchun to‘langan 128. 848 740 million so‘m pul mablag‘ini qaytarib olib berishda amali yordam berishini so‘raydi.

Murojaat asosida Federatsiya fuqaro manfaatini ko‘zlab, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Sud qaroriga binoan javobgar, «UMID SAVDO FAYZ INVEST» MCHJ nohaq deb topilib, fuqaro foydasiga 128 milliondan ortiq mablag‘ 2021 yil 22 yanvarda undirib berildi.

Hurmatli iste’molchilar, agar siz ham shunga o‘xshash muammoga duch kelsangiz, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa «ishonch telefoni»ga yoki Istemol.uz sayti orqali murojaat qiling.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati