Barakayeva Dildora Baxriddin qizining kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbekiston florasidagi Ferula tadshikorum o‘simligi smolasining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi” mavzusida
Barakayeva Dildora Baxriddin qizining 02.00.10 - “Bioorganik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston florasidagi Ferula tadshikorum o‘simligi smolasining kimyoviy tarkibi va biologik faolligi” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.05.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 20-aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Farg‘ona davlat universiteti.
Tel.: (+99873) 244-44-02;
e-mail: fardu_info@umail.uz