Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barakayev Faxriddin Najmiddinovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
17:11 / 2025-12-19

“Quyma usulda zanglamas po‘latlardan olinadigan detallarning yeyilishbardoshligini oshirish va ularga termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida

Barakayev Faxriddin Najmiddinovichning 05.02.01 - “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va Metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)” ixtisosligi bo‘yicha “Quyma usulda zanglamas po‘latlardan olinadigan detallarning yeyilishbardoshligini oshirish va ularga termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-dekabr kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.

Tel.: (99871) 207-14-64

e-mail: tstu_info@tdtu.uz