Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barakali daromad manbai (video)
19:41 / 2024-06-14

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan aniq manzilli chora-tadbirlar aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanib, ishbilarmonlik salohiyatini namoyon etib kelayotgan tadbirkorlardan biri Akbarali Hayitovdir.

Hozirda u uy sharoitida Kaliforniya qizil chuvalchangini ko‘paytirish bilan birga shampinon turidagi qo‘ziqorin yetishtirish bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. 

[gallery-17850]

- Bu ish bilan shug‘ullanayotganimga ikki yil bo‘ldi, - deydi tadbirkor A. Hayitov. - Doimiy buyurtmachilarimiz bor. Daromadimiz yaxshi. Hozirda 4 kishini ish bilan ta’minlaganman. Kelgusida qo‘ziqorinni qayta ishlash korxonasini ochib, faoliyatimizni kengaytirishni, yangi ish o‘rinlari ochishni rejalashtiryapman. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/83pjMGZgMCk" title="Barakali daromad manbai" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamshid YORBEKOV (surat, video), O‘zA.