French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Baraka”ning faoliyati kengaymoqda
18:06 / 2014-07-14

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi “Baraka” fermer xo‘jaligida ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi “Baraka” fermer xo‘jaligida ohak ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni fermerlik harakati rivojini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini berdi. Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari nafaqat dehqonchilik yoki chorvachilik, balki sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha ham qishloqda yetakchi kuchga aylanmoqda.

Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘rt mingdan ziyod fermer xo‘jaligining muayyan qismi ko‘p tarmoqlidir. Bunday fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi va chorvachilikdan tashqari trikotaj buyumlar, mebel, qurilish va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.

Sardoba tumanidagi “Baraka” fermer xo‘jaligida ohak ishlab chiqarishning o‘zlashtirilishi hududda ushbu mahsulot serobligi va arzonchiligini ta’minlaydi. Muhimi, o‘n nafarga yaqin yosh ishli bo‘ldi. Kelgusida sexni kengaytirish hisobidan yana o‘ndan ortiq yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.