Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bankomat” o‘g‘risi ushlandi
11:55 / 2026-03-03

Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab 1-mart kunidan 1-aprelga qadar “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktika oyligining birinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida Toshkent viloyati hududida ham jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli kuchaytirilgan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun tungi soat 03:10 da Nurafshon shahri hududida joylashgan “Oppoq” MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan “Bankomat”dan tashvish xabari kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu haqda navbatchilik qismi orqali, tungi xizmatga biriktirilgan tezkor guruhga yetkazilgach, xodimlar 4 daqiqa ichida voqea joyiga yetib borgan.

Shu vaqtda “Bankomat” ichida bo‘lgan noma’lum shaxs ushlanganda, uning yonida “bolg‘a”, “otverka” va boshqa xo‘jalik anjomlari borligi va u bankomat eshigini buzib ochib, ichidagi pullarni o‘g‘irlashga uringani aniqlangan. Ko‘rilgan choralar natijasida O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro (Y.A.) voqea joyida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

A.Musayev, O‘zA