French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bankning moliyaviy ko‘magida
17:14 / 2014-08-07

Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Asl tekstil liboslari” mas’uliyati cheklangan jamiyati hudud yengil sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan kichik biznes subyektlaridan.

Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Asl tekstil liboslari” mas’uliyati cheklangan jamiyati hudud yengil sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan kichik biznes subyektlaridan. Bu yerda mehnat qilayotgan qirqdan ziyod ishchilarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir.

“Asakabank”ning Namangan viloyati bo‘limi ajratgan imtiyozli kredit evaziga zamonaviy tikuv va presslash mashinalari keltirib o‘rnatildi, ishlab chiqarish komputerlashtirildi. Natijada yillik ishlab chiqarish quvvati 400 million so‘mga yetdi. Hozir bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlarni eksportga chiqarish ustida ish olib borilmoqda.