Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklarning kredit qo‘yilmalari 1 trillion so‘mga o‘sib, 576,2 trillion so‘mga yetgan
12:42 / 2025-08-26

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida banklarning kredit qo‘yilmalari 1 trillion so‘mga o‘sib, 576,2 trillion so‘mga yetgan. Bunda chakana kreditlar qoldig‘i 4,9 trillion so‘mga o‘sgan bo‘lsa, korporativ kreditlar qoldig‘i 3,9 trillion so‘mga kamaygan.

Bugungi kunda banklarning asosiy mahsuloti mikroqarzlar bo‘lib qolmoqda. Iyul oyi davomida mikroqarzlar qoldig‘i 3,1 trillion so‘mga ko‘paygan. Ipotekani moliyalashtirish uch oylik sustlikdan keyin faollashgan (+1,3 trln.so‘m).  

Bir yildan so‘ng avtokreditlar qoldig‘i yana o‘sa boshlagan (+147 mlrd.so‘m). Boshqa deya tasniflangan kreditlar ham tez o‘smoqda (+312 mlrd.so‘m). 

Muammoli kreditlar o‘tgan chorak oxiridagi ma’muriy qisqarishdan keyin yana o‘sishda davom etmoqda. NPL qoldig‘i 684 milliard so‘mga ko‘payib, 22,6 trillion so‘mga yetgan.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA