Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklarni yopish – ogʻriqli va murakkab jarayon – Markaziy bank raisi
14:30 / 2026-01-28

“Yangi bank” AJ faoliyati tugatilishi yuzasidan Markaziy bank raisi Temur Ishmetov aholi va omonatchilar uchun muhim maʼlumot berdi.

Uning taʼkidlashicha, banklarni yopish har doim ogʻriqli va murakkab jarayon hisoblanadi. Shu bois, bunday qarorga kelmasdan oldin barcha imkoniyatlardan foydalanib, bankni sogʻlomlashtirish va moliyaviy barqarorligini tiklash choralari koʻriladi. 

– Banklarni yopish ogʻriqli masala. Bankni yopishdan oldin, uni sogʻlomlashtirish choralarini koʻramiz va omonatchilarning manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyamiz, – deydi Markaziy bank raisi Temur Ishmetov. 

Shuningdek, Markaziy bank rahbari omonatchilarning mablagʻlari himoyalanishi va ularga qulay shart-sharoitda chiqarib olish imkoniyati taʼminlanishini alohida taʼkidladi. 

“Yangi bank” AJning faoliyati tugatilishi jarayonida barcha qonunchilik talablari va rasmiy tartib-qoidalarga amal qilinadi. 

Sh.Mamaturopova, 
OʻzA