Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklarga taqdim etiladigan to‘lov hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
09:34 / 2022-04-05

Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, mijozlar tomonidan banklarga taqdim etiladigan to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarga doir normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandi. 

Ushbu o‘zgartirishlar joriy yilning 9 apreliga qadar bosqichma-bosqich, undan so‘ng to‘liq tatbiq etilishi rejalashtirilgan. 

Mazkur o‘zgartirishlar amaliyotga joriy qilingandan keyin barcha to‘lov hujjatlarida to‘lovchi – jismoniy shaxslarning STIRi (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) o‘rniga, to‘lov hujjatining “to‘lovchining identifikatsiya raqami” deb nomlangan rekvizitida ularning JSHSHIRi (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) ko‘rsatilishi majburiy hisoblanadi. 

Shu munosabat bilan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar) to‘lovni amalga oshirish maqsadida to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirayotganda o‘zlarining JSHSHIRlari to‘g‘ri va to‘liq kiritishlari zarur. 

Shuningdek, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham to‘lov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini rasmiylashtirishda kontragentlar – jismoniy shaxslarning JSHSHIRlari to‘g‘ri kiritilayotganiga e’tiborli bo‘lishlari so‘raladi. 

O‘zA