French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklarda 16,8 trillion so‘mlik muammoli kreditlar bor
09:25 / 2022-07-20

Markaziy bank tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida 2022 yil 1 iyul holatiga ma’lumotni taqdim etdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyun oyida tijorat banklarining kredit qo‘yilmalari 1,6 trillion so‘mga kamaygan va 343,6 trillion so‘mni tashkil etgan.

Kredit qo‘yilmalarining qisqarishi davlat banklari (Agrobank, Milliybank va Asakabank) hissasiga to‘g‘ri keladi. Ehtimolki, kredit qo‘yilmalarining qisqarishi valyuta kreditlari ulushi baland bo‘lgan banklarda so‘m kursining mustahkamlanishi hamda davlat dasturlari bo‘yicha maqsadli moliyalashtirilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobiga ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.   

Markaziy bankning jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig‘i to‘g‘risida kreditlar turlari bo‘yicha ma’lumotida jismoniy va yuridik shaxslar qirqimidan ko‘rish mumkinki, kredit qo‘yilmalarining qisqarishi faqat korporativ kreditlar hisobiga bo‘lgan. Chakana kreditlar qoldig‘i shiddat bilan o‘sishda davom etmoqda. Xususan, oy davomida banklarning ipoteka portfeli 1 trillion so‘mga, mikroqarz portfeli 1,1 trillion so‘mga ko‘paygan. 

Muammoli kreditlar (NPL) qoldig‘i va ulushi sezilarli tarzda qisqargan. Oy davomida banklar 1,5 trillion so‘mlik muammoli kreditlarni yopishga muvaffaq bo‘lishgan. 1 iyul holatiga rasmiy ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 16,8 trillion so‘mlik muammoli kreditlar bor va bu jami kredit portfelining 4,9 foizini tashkil etadi. 


Shahnoza Mamaturopova, O‘zA