Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“BankExpo-2019” dasturida ilg’or IT-echimlar, raqamli banking va xalqaro hamkorlik
18:57 / 2019-04-05

Joriy yil 11-13 aprelь kunlari “O’zekspomarkaz” milliy ko’rgazmalar majmuasida “BankExpo-2019” bank-moliya xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.


Joriy yil 11-13 aprelь kunlari “O’zekspomarkaz” milliy ko’rgazmalar majmuasida “BankExpo-2019” bank-moliya xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Uch kunga mo’ljallangan mazkur ko’rgazmada Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari ishtiroki kutilmoqda.

Ko’rgazma pavilьonida banklarning stendlari joylashtiriladi. Аtrium hududi Bank Talks davomida mutaxassislar tajriba almashadi, “Start Up tashabbuslari” sessiyasi esa loyihaga nafaqat tegishli qiziqish, balki investitsiyalar jalb etish imkonini beradi.

Ko’rgazma yakunida banklarning eng yaxshi mijozlari taqdirlanadi. Shuningdek, samarali faoliyati bilan o’zini namoyon qilgan banklarga 
O’zbekistonda bank faoliyati rivojiga o’z hissasini qo’shganligi uchun va “Bankning eng yaxshi xodimi” nominatsiyalari g’oliblari mukofotlanadi.

“BankExpo-2019” ko’rgazmasi moliya institutlari xodimlari o’rtasida o’zaro tajriba almashish, xarajatlarni qisqartirish yo’li bilan biznes samaradorligini oshirish va chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliya sohasida joriy holatni yaxshilashga qaratilgan.