Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bankdan kredit olgan fuqaroning xorijga chiqishi man etilganmi?
16:30 / 2024-01-16

Bugungi kunda ko‘pchilik yurtdoshlarimiz bankdan kredit olgan fuqaro xorijga chiqishiga cheklov qo‘yilganmi, degan savollar bilan murojaat qilmoqda.

Qoidaga ko‘ra, bank bilan fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi fuqarolik-huquqiy shartnoma hisoblangan kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. Mazkur shartnomada fuqaro va bank o‘rtasidagi barcha munosabatlar tartibga solingan bo‘ladi. Bank bilan fuqaro o‘rtasidagi shartnomada fuqaroning xorijiy davlatga chiqishiga cheklov o‘rnatadigan hech bir qoidalar mavjud emas. Mavjud bo‘lgan taqdirda ham bu noqonuniy hisoblanadi.    

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga asosan har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega. Bu degani kredit shartnomasida sizning xorijga chiqishingiz cheklanishi Konstitutsiya qoidalariga zid hisoblanadi.    

Ammo ba’zi hollarda qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkin. Qachonki u qarzlarini vaqtida to‘lamagan va ishi majburiy ijroga chiqqan taqdirda. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunga asosan sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.  

Istisno hollar bo‘lmasa, bankdan kredit olgan fuqaroning xorijga chiqish huquqi cheklanmaydi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA