Bank yangi binoda
Xalq banki O‘zbekistonning birinchi banki sifatida faoliyat boshlaganiga 150 yil to‘ldi. Sifatli xizmat – barcha resurslarning mijozlar ehtiyojini qondirishga asoslanishi, samarali xizmat ko‘rsatishda innovatsion jihozlangan, talablarga javob beradigan binoning ahamiyati katta.
Buxoro viloyati Galaosiyo shahrida “Xalq banki”ning zamonaviy, shinam, bank xizmatlarini ko‘rsatishda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan Buxoro tumani filiali foydalanishga topshirildi. Shinam va zamonaviy binoni foydalanishga topshirish tadbirida tuman mutasaddilari, faxriy bank sohasi xodimlari, hamkor va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.



Ayni kunda bank filialida 20 nafardan oshiq xodim mehnat qilayotgan bo‘lib, xususiy va yuridik shaxs maqomidagi mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.