Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xodimlari mijozlarni hurmat qilishi shart
09:25 / 2020-07-10

Tadbirda hududiy bosh boshqarma hamda viloyatdagi tijorat banklarining masʼul xodimlari ishtirok etdi.


Respublika Markaziy banki Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kun talabi” mavzusida masofadan – ZOOM platformasi orqali onlayn-seminar oʻtkazildi.

Tadbirda hududiy bosh boshqarma hamda viloyatdagi tijorat banklarining masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu masofaviy seminarda viloyatdagi bank tizimi xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli tushuntirishlar berildi.

Xususan, bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, korrupsiya koʻrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Onlayn-seminarda bank tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini yuksaltirish, banklar va ularda faoliyat olib borayotgan mansabdor shaxslar hamda xodimlar tomonidan bank mijozlariga xizmat koʻrsatishda kasb odob-axloq meʼyorlariga rioya etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish shart ekanligi taʼkidlandi.