Bank xodimlari Axsikent yodgorligiga sayohat qildi
FOTOREPORTAJ
“Asakabank” Namangan filialining xodimlari Axsikent yodgorligi hududi va muzeyida bo‘ldi.
2100 yil avval Xitoy hamda ilk arab manbalarida tilga olingan Farg‘ona davlatining bosh poytaxti Farg‘ona shahri Axsikent yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Farg‘ona davlatining o‘zi esa bir nechta mustaqil davlatlar uyushmasidan iborat bo‘lib, uning siyosiy tuzilishi konfederativ asosga qurilgan.
[gallery-11120]
XI asr o‘rtalarigacha Farg‘ona – Axsikat deb, ikki nom bilan atalganligi ilmiy izohlanadi. Bu davrda shahar maydoni 400 gektardan oshib ketib, o‘z davrining megapolisiga aylanadi.
Qadimiy manzilga sayohat bank xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA