Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xodimi 41 kishining plastik kartasidan pul o‘g‘irladi
17:21 / 2023-07-05

21 yoshli bank xodimi 41 kishining plastik kartasidan 21 million so‘mdan ziyod pulni o‘g‘irlagani aniqlandi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Murojaatda bank kartasi hisobidan pullar yo‘qolganini bildiradi. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida pullarni o‘zlashtirgan shaxs bank xodimi ekani aniqlanadi.  

Tergov harakatlari davomida ushbu xodim 2022 yil noyabr oyidan 2023 yil 29 may kuniga qadar fuqarolarning pensiya to‘lovlari, moddiy yordam va 2 yoshgacha nafaqa pullarini olish maqsadida ochilgan 48  bank kartalarining 41 tasidan jami 21 million 900 ming so‘m pullarni o‘g‘irlagan. U bu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.  

Ushbu holat yuzasidan 2002 yilda tug‘ilgan G‘ijduvon tumanidagi bank filiali sayyor kassa kassiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda o‘g‘irlangan mablag‘larning barchasi qoplanib, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA