Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xizmatlari takomillashib bormoqda
18:33 / 2019-04-22

”Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Milliy matbuot markazida iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natija va muammolar yechimiga bagʻishlab matbuot anjumani oʻtkazdi.


”Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Milliy matbuot markazida iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natija va muammolar yechimiga bagʻishlab matbuot anjumani oʻtkazdi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” tizimida iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xorijiy kredit liniyalari faol jalb qilinib, moliyaviy imkoniyatlar oshirilmoqda, kredit portfelini taqsimlashda yuqori samarali loyihalarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, shu jumladan, korporativ mijozlarga moʻljallangan masofaviy xizmatlarni yangilash ishlari kuchaytirilmoqda.

Bank tomonidan katta ishlab chiqarish (yoki xizmat koʻrsatish)ga ega korxonalarning loyihalari bankning oʻz mablagʻlaridan tashqari chet el moliya muassasalari kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

“Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi oʻrinbosari Zafar Azimovning taʼkidlashicha, bank tomonidan bugungi kunga qadar iqtisodiyotimizning bazaviy tarmoqlari korxonalariga qariyb 30 trillion soʻmga yaqin kredit va moliyaviy xizmatlar koʻrsatildi. Jumladan, neft-gaz tarmogʻiga 13 trillion, kimyo sanoati tarmogʻiga 6 trillion, metallurgiya tarmogʻiga 1 trillion soʻmlik va boshqa tarmoqlarga moliyaviy xizmatlar koʻrsatilgan. Mazkur tarmoqlardagi yirik loyihalarga qoʻshimcha tarzda bu yil 6 trillion soʻmdan ortiq kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, bank Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan Davlat investitsiya dasturlaridan oʻrin olgan loyihalarni moliyalashtirishda faol qatnashmoqda.

Ishlab chiqarish obyektlarining atrof-muhitga zararli taʼsirini kamaytirish va energiya tejamkorligini oshirishga qaratilgan “Green banking” tizimi asosida moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Yirik tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirishda bank qoshida tashkil etilgan Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Markazda mahalliy tadbirkorlar va chet ellik investorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida ham texnik, ham moliyaviy tomonlama “kredit supermarketi” sifatida xizmatlar koʻrsatilmoqda.

“Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan korporativ mijozlar uchun 24/7 rejimida ishlovchi onlayn bank hamda “Korporativ internet-banking” dasturi mahsuli boʻlgan xorijiy valyutani onlayn buyurtmanoma asosida sotib olish imkonini beruvchi zamonaviy interaktiv xizmatlar joriy etilgan. Shuningdek, bank tizimida mijozlarga masofadan xizmat koʻrsatishga moʻljallangan “Korporativ internet banking” va “UzPSB Mobile Business” dasturlari ham yangi xizmatlarga mos ravishda takomillashtirib borilmoqda.