Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xizmatlari sohasida mutaxassislar tayyorlashga doir hamkorlik memorandumi imzolandi
10:40 / 2023-11-02

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, xodimlarning kasb malakasini muntazam oshirib borish hamda zamonaviy bilimlar va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda bank xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ana shu maqsadda bank va Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuv mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda tomonlar istiqbolda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. Xususan, bank faoliyati sohasida xodimlar va talabalarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, bank operatsiyalari va yangi biznes jarayonlari bilan universitet talabalarini yaqindan tanishtirish, turli mavzularda qo‘shma amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, talabalarning amaliyot o‘tashlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Shuningdek, hamkorlikda turli mavzularga bag‘ishlangan seminarlar, davra suhbatlari, forumlar, tajriba almashish, maslahatlashuvlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB joriy yil 9 sentyabrdagi Prezident qarori bilan “Qishloq qurilish bank” tijorat banki negizida tashkil etildi.

M.Qosimova, O‘zA