Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xizmatlari markazlari aholi xizmatida
11:42 / 2025-11-04

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda kechayotgan shiddatli islohotlar jarayonida xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash kabi masalalarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Ayni jihatlar hayotimizga jadallik bilan joriy etilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uning doirasidagi ijtimoiy dasturlarda ham o‘zining yorqin ifodasini topgani e’tiborlidir. Bu boradagi tub ijobiy o‘zgarishlar jarayonida mamlakatimizda odlamlarning og‘irini yengil qilish, ularni ortiqcha ovoragarchiliklar va sarsongarchiliklardan xalos etish, mavjud dolzarb masalalarga tezkorlik bilan yechim topish yuzasidan izchil ishlar olib  borilmoqda.  

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, yoshlarning mehnat bandligini ta’minlash kabi masalalarga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Mazkur moliyaviy  tuzilmaning mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan  bank xizmati ofislari, bank xizmati markazlari  tadbirkorlik, kredit olish, kommunal to‘lovlari, turli pul  o‘tkazmalarni tezkor va sifatli, aniq, ham ishonchli tarzda amalga oshirishda, boshqa bir qator bank-servis xizmatlarini ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.  

Kuni kecha “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining yana bir bank xizmatlari ofisi Buxoro viloyati Kogon  tumani Niyoz Xo‘ja mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘z ishini boshladi. “Mirkulol” bank xizmatlari ofisi aaholiga plastik kartalarni ochish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, jismoniy shaxslarga kreditlar olishda ko‘maklashish, kassa xizmatlari kabi moliyaviy ko‘maklarni ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir.  

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumani markazidagi  “Boy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida  tashkil etilgan “Beshariq” bank xizmatlari markazi ham aholiga turli bank-servis xizmatlari ko‘rsatib, odamlarning og‘irini yengil qilayotgani e’tiborga molik.

[gallery-26068]

Bularning barchasi xalqimizning hayot farvonligini ta’minlashda bank-moliya tuzilmalari ham munosib hissa qo‘shayotganining amaldagi yana bir yorqin isbotidir.  

                                                                     N.Usmonova, Tohir Istatov

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA