Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xizmatlari ko‘rgazmasi
17:35 / 2016-06-09

Navoiy viloyatida 2015-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 501 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan. Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tadbirkorlik loyihalari uchun ajratilgan kreditlar hajmi qariyb 18 milliard so‘mni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2015-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 501 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan. Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining tadbirkorlik loyihalari uchun ajratilgan kreditlar hajmi qariyb 18 milliard so‘mni tashkil etdi.

Navoiyda o‘tkazilgan bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari hududiy “BankExpo – 2016” milliy ko‘rgazmasida bu alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada tijorat banklari, lizing va sug‘urta kompaniyalari faoliyati, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Ko‘rgazma davomida bank xodimlari va mutaxassislar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga biznes-reja tuzish, bank kreditlaridan foydalanish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.

Tijorat banklari tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan 63 tadbirkorlik subyekti, mikrofirma va fermer xo‘jaliklari hamda o‘z biznesini boshlayotgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

– Karmana sanoat kasb-hunar kollejini bitirib, tadbirkorlikni boshlash niyatidaman, – deydi Suhbat Asadov. – Chorvachilikni rivojlantirish, xususan, go‘sht yetishtirishga mo‘ljallangan biznes loyiham qo‘llab-quvvatlanib, “Ipoteka bank”ning viloyat filialidan 6 million so‘m imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘ldim. Bu mablag‘ biznes faoliyatimni boshlash va 2 nafar tengdoshimni ish bilan ta’minlash imkonini beradi. Biz, yoshlar uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.