Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank xizmatlari ko‘lami oshmoqda
16:18 / 2015-05-15

Poytaxtimizda “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari U.Mustafoyev, Banklar assotsiatsiyasi raisi S.Abdullayev va boshqalar mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida tijorat banklari barqarorlik, izchil kapitallashuv va yuqori likvidlik darajasini saqlab kelayotganini ta’kidladi.

Sanoatda yuqori texnologiyali quvvatlarni ishga tushirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar samaradorliginini ta’minlashda banklar faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, joriy yilning birinchi choragida iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30,6 foiz, kichik biznesni rivojlantirish uchun tadbirkorlik su’bektlariga ajratilgan kreditlar ulushi 1,3 barobar ko‘paydi.

Investitsiya muhitini yaxshilash, bank va tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish doimiy e’tiborda.

Prezidentimizning shu yil 6-maydagi «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tijorat banklari faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga olib chiqishda dasturilamal bo‘lmoqda.

– Mazkur hujjatda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning faoliyatini baholash va tahlil qilishning xalqaro standartlarini joriy etish, banklarning xalkaro moliya bozoridagi ishtirokini kengaytirish orqali investitsiya salohiyatini mustahkamlash kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan, – deydi Markaziy bankning tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti direktori o‘rinbosari Jahongir Abdurasulov. – Shu asosda banklarning resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning jozibador turlarini joriy qilish hamda aholi va xo‘jalik subyektlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarga jalb etish choralari ishlab chiqildi. Yetakchi moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida korporativ boshqaruv usullari, jumladan, xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullari takomillashtiriladi.

Tadbirda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish xususida fikr yuritildi.