French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini bermoqda
17:07 / 2019-08-20

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki rahbariyati ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida banklar sohasidagi barcha islohotlarning tub mohiyatini tushuntirish va uning amalga oshirish mexanizmlarini yurtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga yetkazishga qaratilgan bir qator sayyor qabullar tashkil etilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki rahbariyati ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida banklar sohasidagi barcha islohotlarning tub mohiyatini tushuntirish va uning amalga oshirish mexanizmlarini yurtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga yetkazishga qaratilgan bir qator sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Sayyor qabullar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida o‘tkazildi. Reja jadval asosida avgust–sentabr oylarida respublikamizning qolgan hududlarida ham sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy banki tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulni bankining Boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov o‘tkazdi. Unda tadbirkorlarga Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlar bilan tadbirkorlarni rivojlantirish, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish va ularga amaliy yordam berish masalalariga e’tibor qaratildi.

2F2A4435.JPG

Shu bilan birga, bankning bir qator departament direktorlari mavzu yuzasidan bankda tadbirkorlar uchun qanday sharoit va yangi loyihalar joriy etilgani yuzasidan axborot berildi.

Tadbirkorlar bank rahbariyati bilan uchrashuvda turli yo‘nalishlar bo‘yicha barcha muammolarining yechimi topilayotganiga mamnun bo‘lishmoqda. Sayyor qabullarning asosiy maqsadi ham aynan shunda, tadbirkorlar va bank xodimlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tamoyillariga asoslanib, barcha bank xizmat turlarini sifatini oshirish, mavjud xorijiy kredit liniyalaridan unumli foydalanish va ularni rivojlantirishdir.

Prezidentimiz tomonidan banklarning faolligini oshirish, mamlakatimizning rivojlanishida sohaning tubdan isloh qilish masalalariga qaratilgan strategik harakatlari tufayli bank tizimi innovatsion yo‘llarni qo‘llagan holda, yangi ishlash prinsiplarini joriy etmoqda.

Reklama huquqi asosida