Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank tizimida sun’iy intellekt va raqamli bank xizmatlariga e’tibor qaratilmoqda
17:07 / 2024-10-15

Poytaxtimizda “Banks&Business Expo-2024” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda “GLOBALEXPO” ko‘rgazmalar kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari hamda jahon moliya tashkilotlari, shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi kompaniya va korxonalar, xorijiy banklarning innovatsiyalari hamda yutuqlari namoyish etilmoqda.

Jahon moliyaviy bozoridagi tendensiyalarni inobatga olgan holda milliy bank tizimini isloh qilish, banklar tomonidan xalqaro standartlar darajasida mijozlarga xizmatlarni yo‘lga qo‘yish davr talabidir. Bu borada mamlakat milliy iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlanishi hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida va moliyaviy xizmatlar bozorida asosiy tayanch bo‘lgan tijorat banklarining ishtiroki yildan yilga takomillashib bormoqda.

Barcha turdagi tijorat banklarining iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish, kredit mablag‘larini taqdim etish, aholini iste’mol kreditlari bilan ta’minlashdagi hissasi ortmoqda.

Shuningdek, mamlakatimizda bank tizimida sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2021 yil 17 fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bu borada dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun har tomonlama sharoitlar yaratildi. Faol raqamli transformatsiya jarayonlari kechayotgan bank tizimida sun’iy intellektni o‘zlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Shu bois, an’anaviy o‘tkaziladigan ko‘rgazmada bank tizimida sun’iy intellekt va raqamli bank xizmatlariga alohida urg‘u qaratilgan. Tijorat banklari hozirda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 24/7 rejimida ishlaydigan bank xizmatlarini taqdim etmoqda. Bu esa uydan chiqmagan holda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Ko‘rgazma doirasida “biznes network” shaklida uchrashuvlar tashkil etilib, mutaxassislar bank-moliya tizimiga oid mavzularda o‘zaro fikr almashmoqda.

“Banks&Business Expo-2024” xalqaro ko‘rgazmasi 17 oktyabrga qadar davom etadi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA