Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank tizimi – barqaror rivojlanish omili
16:55 / 2017-02-10

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda "Iqtisodiyotni boshqarishni yanada liberallashtirish sharoitida bank tizimining barqarorligi: qonunchilik va amaliyot" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda "Iqtisodiyotni boshqarishni yanada liberallashtirish sharoitida bank tizimining barqarorligi: qonunchilik va amaliyot" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senati a’zolari, Markaziy bank, uning viloyat boshqarmalari va bo‘limlari, manfaatdor vazirliklar hamda tijorat banklarining mas’ul xodimlari, ekspertlar, olimlar ishtirok etgan yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyeyovning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Oliy Majlis Senati a’zosi T.Iskandarov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari Sh.Shoahmedov va boshqalar jahon bozori kon’yunkturasi shiddat bilan o‘zgarayotgani, raqobat kuchayib borayotgani O‘zbekiston uchun yangi strategik yondashuvlar va prinsiplarni ishlab chiqishni talab qilayotganini ta’kidladi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishini kamaytirish, uning raqobatbardoshligi va ochiqligini oshirish, iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, bank-moliya sohasini tubdan isloh qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish kabi vazifalar belgilab berilgan.

– 2017-2021-yillarda 40 milliard dollarlik 650 ga yaqin investitsiya loyihasi amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda, – deydi Markaziy bank vakili Jahongir Abdurasulov. – Shuningdek, bank-moliya tizimini rivojlantirishning aniq maqsadga qaratilgan parametrlari bank tizimi umumiy kapitalini 2 barobar, depozitlar, jumladan, aholi omonatlari hajmini 2,1 barobar ko‘paytirishni nazarda tutadi. Banklar resurs bazasining yanada kapitallashuvi va mustahkamlanishi ajratilayotgan investitsiya kreditlari hajmini 1,7 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlarni esa 2,2 barobar oshirishni ta’minlaydi.

Konferensiyada tijorat banklarining aktivlari ustidan monitoring o‘tkazishning yangi usullari va mexanizmlarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va bir qancha qonunlariga o‘zgartish hamda ko‘shimchalar kiritish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berildi.

Qonun xujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar turli sohalardagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha banklarning imkoniyatlarini va resurslar bazasini kengaytirish, korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali investitsiya salohiyatini oshirish, milliy kredit tashkilotlari raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilishi alohida qayd etildi.