Bank rahbari farg‘onalik tadbirkorlar bilan muloqot qildi
Davlatimiz rahbarining 20 avgust – «Tadbirkorlar kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan muloqoti oldidan hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
ATB «Qishloq qurilish bank» Boshqaruvi raisi Alisher Muratov Farg‘onada tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Unda yurtimiz bo‘ylab biznes rivoji uchun imkoniyatlar yanada kengayib borayotgani e’tirof etilib, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Bank rahbari farg‘onalik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ATB «Qishloq qurilish bank» tomonidan qo‘shimcha moliyaviy sarmoyalar ajratilishini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida qator biznes loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha bankning hududiy tuzilmalari rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi, deya xabar beradi Bank axborot xizmati.
O‘zA