Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank plastik kartasi orqali to‘lovni rad etilgani haqida ma’lum qilgan fuqaroga mukofot puli beriladi
15:27 / 2022-02-24

Deyarli har kuni turli xaridlar qilishimizga to‘g‘ri keladi. To‘lovni esa oson turi, ya’ni plastik kartalar orqali amalga oshiramiz. Hozirda onlayn to‘lov tizimi shu qadar hayotimizga kirib keldiki, uning yordamida maoshlarni olish va savdo qilish yanada qulaydir.

Biroq, ba’zi xollarda ayrim tadbirkorlar to‘lovni bank plastik kartasi orqali qabul qilishni rad etadi yoki turli bahonalar bilan terminal ishlamayotganini aytib, naq pul ko‘rinishida amalga oshirish lozimligini aytadi. Bunday hollarda kimga murojaat qilish zarur?

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Hoshimovaning ma’lum qilishicha, bank plastik kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish haqida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali soliq organlariga murojaat qilishingiz mumkin. Bu holat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi.

Soliq tekshiruvida qayd etilgan huquqbuzarlik tasdig‘ini topsa, bunday huquqbuzarlik uchun soliq to‘lovchiga nisbatan 7 million so‘m miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Bundan tashqari chek bermaslik, plastik kartaga mahsulotni qimmat sotish kabi soliq huquqbuzarliklari haqida ham “Soliq” mobil ilovasi orqali soliq organlariga murojaat qilib 20 foiz mukofotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida “Soliq hamkor” orqali xabar yo‘llagan fuqaro soliq mobil ilovasida murojaati holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishib borishi mumkin.

Agar murojaat o‘z tasdig‘ini topsa huquqbuzar tomonidan jarima to‘langandan so‘ng jarimaning 20 foizi mukofot sifatida murojaatchiga to‘lab beriladi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA