Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank-moliya sohasida korrupsiyaga qarshi kurash
21:34 / 2021-11-23

bugungi kunda korrrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish, jamiyatimizda ushbu illatga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan hamkorlikda “Bank-moliya sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzuida tashkil etilgan davra suhbatida ayni jihatlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

- Korrupsiya hayotimiz, iqtisodiyot va demokratiyani yo‘q qiladi. Bu illat kambag‘al davlatlarning qashshoqlikda qolishi, mojarolar va beqarorliklar kelib chiqishi, shuningdek, mo‘rt muhitning paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. O‘rganishlar rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlanganlariga nisbatan korrupsiya ancha yuqori bo‘lishini ko‘rsatmoqda. 

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardagi o‘rtacha daromad korrupsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlarnikining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Shuningdek, bunday mamlakatlarda chaqaloqlar o‘limi darajasi qariyb uch barobar yuqori, savodxonlik darajasi esa 25 foizga past bo‘ladi, – dedi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov.

Davra suhbatida “Bank tizimida korrupsiyaga qarshi Komplayens nazoratning joriy etilishi”, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish masalalari”, “Korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida moliya tizimi va byudjet sohasida amalga oshirilayotgan ishlar” hamda “Bank-moliya tizimida korrupsiyaga qarshi kurash: xalqaro andozalar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishning ayrim masalalari” kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.

– O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z siyosatiga ega. Biz Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konvensiyaga qo‘shilib, bu borada “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” maxsus qonunni qabul qildik. Korrupsiyaga qarshi nafaqat operativ-qidiruv, balki ma’muriy-preventiv usullardan ham foydalanyapmiz. 

Xalq bilan muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilib, mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarda oshkor etilmoqda, - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov.

Tadbirda shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq holatlar eng ko‘p uchrashiga sabab bo‘luvchi davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohozalar almashildi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA