Bank-moliya Akademiyasida YETTB delegatsiya aʼzolari ishtirokida seminar oʻtkazildi
Bugun Bank-moliya Akademiyasida Milliybank hamkorligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Bugun Bank-moliya Akademiyasida Milliybank hamkorligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Mazkur seminarda YETTB 2022-yilda London banklararo takliflar stavkasi (LIBOR) ni bekor qilish masalasiga toʻxtalib oʻtdi.
Seminarda Akademiya professor-oʻqituvchilari va tinglovchilari hamda mamlakatimizda faoliyat yurituvchi tijorat banklari – Milliy bank, “ASIA ALLIANCE BANK”, “Hi-Tech Bank”, Xalq banki va boshqa bank boshqaruvchi kadrlari ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun: LIBOR (ingl. London Interbank Offer Rate, LIBOR) – London banklararo takliflar stavkasi. London banklararo bozorida turli valyutalarda va turli muddatlarga (bir kundan bir yilgacha) mablagʻlar taklifi bilan chiqadigan banklar tomonidan taqdim etiladigan banklararo kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi. Stavka Britaniya bank assotsiatsiyasi tomonidan har kuni 11:30 (Gʻarbiy Yevropa vaqti boʻyicha) tanlangan banklar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida qayd etiladi.