English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari xorijda malaka oshirmoqda
11:47 / 2022-09-06

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari Malayziya xalqaro islom universitetida tashkil etilgan “Short-Course in Islamic Banking and Finance (SCIBF)” treninglarida ishtirok etmoqda.

Akademiya tinglovchilari maxsus mavzular va sohalari bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar olishmoqda. Seminar davomida tinglovchilar amaliy ko‘nikmaga ham ega bo‘lmoqda.  

Ushbu treninglar Bank-moliya akademiyasi va International Islamic University Malaysia o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan amalga oshirilib, bu tinglovchilarga Islom banki va moliyasi bo‘yicha amaliy tajribani o‘rganish imkonini beradi. Treninglar va qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi. 



Ma’lumot o‘rnida, Islom banki va moliyasi bo‘yicha amaliy tajriba  almashishga tayanch bilimga ega, sohaviy yutuqlarga erishgan va qator xorijiy tillarni bilgan mutaxassislar tavsiya etiladi. 


D.Mamatova, 
O‘zA muxbiri