Bank krediti talon-toroj qilingan
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro viloyati Jondor tumani bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.
Aniqlandiki, “J.T.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari B.T. “A.Q.” MCHJ rahbari A.H. bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan ajratilgan 647 million so‘m kredit mablag‘ini 32 nafar fuqaroning issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yo‘naltirmasdan, ushbu mablag‘ni moliyaviy yordam sifatida 3 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri