English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar miqdori 789 trln. so‘mni tashkil etmoqda
16:52 / 2024-01-23

Markaziy bank tomonidan 2023 yil uchun "Naqd pul muomalasi bo‘yicha qisqacha sharh" tayyorlandi. Mazkur sharhga ko‘ra, 2023 yilda umumiy pul tushumlari 669 trln. so‘mni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 28 foizga o‘sdi. Umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2022 yildagi 34 foizdan 2023 yilda 38 foizga o‘sishi kuzatildi.

2023 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 831 trln. so‘mni tashkil etgani holda, 2022 yilga nisbatan 19 foizga oshdi. Jumladan, banklarga naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga o‘sib, 414 trln. so‘mni tashkil qildi.  

Cavdo va xizmatlar sohasidan terminal tushumlari salmog‘i o‘tgan yildagi 37 foizdan 40 foizga oshdi.

Bank kartalariga kelib tushgan mablag‘lar va ularni naqdlashtirish hajmlari dinamikasi 2023 yil davomida jismoniy shaxslarning bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar miqdori 789 trln. so‘mni tashkil etgan. Bu 2022 yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘p mablag‘lar kirim qilingan.  

Ushbu davrda bank kartalaridagi mablag‘larning 189 trln. so‘mi naqdlashtirib olingan. Shundan, 154 trln so‘mi bankomatlar orqali naqdlashtirilgan.  

2024 yilning 1 yanvar holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 21,5 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8 foiz bandga pasaydi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA