Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank filialidan ajratilgan kredit mablag‘larini talon-toroj qilganlar fosh etildi
16:38 / 2022-07-25

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o‘z vaqtida qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.F.” MCHJ rahbari R. hamda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Ya. MCHJga limonchilik faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy issiqxona tashkil etish maqsadida bank filialidan ajratilgan 1,6 milliard so‘m kredit mablag‘ini maqsadsiz sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Shu kabi, Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.D.” MCHJ rahbari D.B. va boshqalar, binoni ta’mirlash va jihozlash uchun ajratilgan 1,2 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Marhamat tuman bo‘limi tomonidan bank filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “D.I.” MCHJ rahbari Z.O. va boshqalar tikuv dastgohlari va matolar sotib olish uchun ajratilgan 1,1 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

“Q.T.” MCHJ rahbari S.T. va boshqalar “Mikrokreditbank” ATB Kattaqo‘rg‘on filialidan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish uchun ajratilgan 800 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

O‘zA