French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bank binolarining pasportlari raqamlashtirildi
11:26 / 2025-11-07

MKBANK FIDO-BIZNES bilan hamkorlikda boshlangan bank balansidagi binolarning texnik, huquqiy va iqtisodiy holatini raqamlashtirish hamda yagona bazada saqlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Natijada binoning manzili, nomi, filial kodi, qurilgan yili, konstruksiya turi, maydoni, balans qiymati, texnik holati (yong‘in xavfsizligi, elektr, isitish tizimi holati) hamda bino pasporti raqami elektron bazaga biriktirildi.  

Shuningdek, kommunal xarajatlar ham integratsiya qilindi. Masofadan turib, elektr energiyasi sarfi, suv, gaz, isitish, texnik xizmat ko‘rsatish va saqlash hamda telekommunikatsiya (internet, telefon) xarajatlarini onlayn tartibda kuzatish mumkin.  

Bundan tashqari, har oyda (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi) elektron hisobot orqali ma’lumotlarni olish, avtomatik hisob-kitob va tahlil moduli (energiya samaradorligini tahlil qilish) imkoniyati paydo bo‘ldi.  

Qisqasini aytganda, har bir bino uchun raqamli pasport yaratiladi — bu pasport orqali bino haqida to‘liq ma’lumotni istalgan vaqtda olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.  

Bank tomonidan kelgusida qo‘shimcha tarzda har bir bank binosi uchun yer uchastkasi bilan geokoordinata asosida bog‘lash hamda tizim GIS (Geografik axborot tizimi) bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan. Bu orqali masofadan xaritada binolarning holatini ko‘rish imkoniyati ham yaratiladi.

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida