Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv
17:54 / 2026-02-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxo‘jayevning Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor Elchisi M.M.Islom bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining matbuot xizmati xabar berdi.

Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuv davomida tomonlar saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini, shuningdek, saylov organlari o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Z.Nizomxo‘jayev Bangladesh Xalq Respublikasi Elchisiga ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi uchun minnatdorlik bildirdi. Suhbat davomida mehmon tomonga Komissiya faoliyati, mamlakatimiz saylov tizimi, saylov va referendumlarni o‘tkazish prinsiplari, shuningdek, saylov jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha batafsil axborot taqdim etildi. Saylovlarning ochiqligi, shaffofligi va qonuniyligini ta’minlash masalalariga hamda xalqaro kuzatuv amaliyotiga alohida e’tibor qaratildi.

Elchi M.M.Islom suhbat davomida joriy yilning 12 fevral kuni Bangladeshda o‘tkaziladigan bo‘lajak parlament saylovlari va referendum jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Elchi mamlakatlarimiz saylov organlari o‘rtasida tajriba almashishning muhimligini ta’kidladi.

M.Komilova, O‘zA