Bangladeshda saylov natijasi ma’lum
Bangladeshda bo‘lib o‘tgan umumiy saylovda Milliy partiya (BNP) parlamentda mavjud o‘rinlarning qariyb uchdan ikki qismini egallab, ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu natija 2024-yildagi ommaviy norozilik namoyishidan keyin yuzaga kelgan siyosiy beqarorlikka barham berishi mumkin.
Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, g‘oliblar 299 o‘rindan 212 tasini qo‘lga kiritgan. Markaziy saylov komissiyasi BNP fraksiyasiga 181, “Jamoat-i-Islomiy”ga 61 va boshqa kuchlarga 7 mandat to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.
Mutaxassislar fikricha, parlamentda ko‘pchilik tarafdorga ega bo‘lish islohotni oson qabul qilish imkonini beradi va qisqa muddatda siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi.
Partiya rahbari Tarik Rahmon Bosh vazir lavozimiga tasdiqlanishi ham kutilyapti.
D.Hakimov, O‘zA