English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladeshda qochqinlar lagerida ro‘y bergan yong‘in 12 ming kishini boshpanasiz qoldirdi
16:31 / 2023-03-07

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, oshxonada gaz ballonining portlashi oqibatida paydo bo‘lgan alanga bir zumda 2000 ta uyning kulini ko‘kka sovurgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmayapti, deb yozmoqda BBC telekanali.

Xabarda aytilishicha, politsiya yong‘in sabablarini aniqlamoqda. Ayrimlar fojia atay uyushtirilgan bo‘lishi mumkin, demoqda. Hozircha bir kishi qo‘lga olingan.  

Mamlakatning janubi-sharqiy qismida joylashgan ushbu lager dunyodagi qochqinlar yashayotgan eng katta qo‘nalg‘a hisoblanadi. Bu yerda yashayotganlarning ko‘pchiligi roxinja qochqinlari bo‘lib qo‘shni Myanmadan qochib kelgan.  

Yong‘inni uch soatda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan, biroq 35 ta masjid va qochqinlar uchun tashkil etilgan 21 ta o‘quv markazi butunlay yonib ketgan. Bundan tashqari,  PSR-laboratoriyalari va suv ta’minoti tizimlari ham zarar ko‘rgani aytilmoqda.